"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoa yangi mavsumga qanday kayfiyatda yondashayotgani haqida gapirdi.
"Biz qo'rquvsiz o'ynaydigan jamoamiz va bu menga yoqadi. Bunday energiya har doim ham bo'lavermaydi, ammo bizda u doim saqlanib qolmoqda.
Endi yangi mavsum boshlanmoqda. O'tgan mavsumda bo'lgan voqealarni biroz unutib, barchasini yangidan boshlashimiz kerak.
Men printsiplarimiz haqida gapirayotganim yo'q, ammo bizda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq va yana hammasini isbotlashimiz kerakligi haqida tushuncha bo'lishi lozim. Bizda bu bor.
Hozir eng muhimi — barchasini to'g'ri bajarish. Shunda biz o'z darajamizni superkubokda, keyin esa Bundesliga, evrokuboklar va Germaniya kubogida namoyish eta olamiz. Buning uchun to'liq diqqatni jamlash talab etiladi.
Har bir yangi mavsum faoliyatingizdagi eng yaxshisiga aylanishi mumkin — kayfiyat aynan shunday bo'lishi kerak.
Yevropada ham, Germaniyada ham raqiblarimiz g'alabaga chanqoq. Ularning ko'pchiligi o'tgan mavsumda hech qanday sovrin qo'lga kiritmadi.
Shuning uchun biz ham ulardagi g'alabaga bo'lgan ishtiyoq darajasiga moslashishimiz kerak. O'tgan mavsumda nima bo'lgani endi ahamiyatga ega emas. Biz barchasini yangidan boshlayapmiz", — dedi Kompani.
Avvalroq "Bavariya" o'rtoqlik o'yinida "Aston Villa"ni mag'lub etgani ma'lum qilingan edi.