Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan "Manchester Siti" va "Atletiko" o'rtoqlik bahsida o'zaro to'qnash keladi. Bellashuv bugun, 9 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.
Ushbu bahs oldidan jamoalarning asosiy tarkiblari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, manchesterliklar safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov oilaviy sabablarga ko‘ra qaydnomaga kiritilmagan.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Manchester Siti" APLda 78 ochko bilan 2-o'rinni egallagan bo'lsa, "Atletiko" La Ligada 69 ochko jamg'arib, 4-pog'onadan joy olgan.
O'rtoqlik o'yini.
Manchester Siti — Atletiko.
Seul, Janubiy Koreya.
9 avgust. 16:00.
Manchester Siti — Donnarumma, Nunez, Rees, Diash, Gvardiol, Reinders, Kovachich, Savinyo, Foden, Semenyo, Marmush.
Atletiko — Oblak, Dominges, Le Norman, Gantsko, Martinez, Yulmann, Vargas, Koke, Mendosa, Dominges, Lukman.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi