«Komo» hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini MLSning «Atlanta» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 33 yoshli futbolchi endi «Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregasning rejalariga kirmaydi. «Atlanta»dan tashqari Morataga «Deportivo», «Xetafe» hamda Qatar, Saudiya Arabistoni va Meksikaning nomi oshkor etilmagan klublari qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Morata 2025 yil yozida «Milan»dan «Komo»ga ko‘chib o‘tgan. Dastlab u «Komo» safida ijara asosida o‘ynagan, keyin esa klub hujumchining transfer huquqlarini majburiy sotib olish bandini faollashtirgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi