Live
7
O'zbek

Rasman: Morata - «Komo» futbolchisi

Futbol
12 avgust, 13:42
Ispaniyalik hujumchi yangi jamoasi bilan bir yillik ijara shartnomasi imzoladi.
Rasman: Morata - «Komo» futbolchisi
FOTO: Como FC

«Milan»ning ispaniyalik hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini «Komo»da davom ettiradi. Bu haqda klub matbuot xizmati rasman e'lon qildi.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida bir mavsumga mo'ljallangan ijara shartnomasi imzolangan. Bitim sotib olish huquqini o'z ichiga oladi.

Eslatib o'tamiz, Morata o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida «Galatasaroy»da o'tkazdi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq «Galatasaroy» Morata bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilgani haqida xabar berilgandi.

Bugungi yangiliklar