Live
8
O'zbek

Maldinining oʻgʻli «Kalyari» futbolchisiga aylandi

Futbol
9 avgust, 07:20
Sardiniya jamoasi Danielning faoliyatidagi yettinchi klubga aylandi.
Maldinining oʻgʻli «Kalyari» futbolchisiga aylandi
Foto: Cagliari Calcio

Hujumkor yarimhimoyachi Daniel Maldini «Kalyari» futbolchisi sifatida tanishtirildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Maldini yangi jamoasi safida ijara asosida oʻynaydi. Bitimda futbolchini sotib olish huquqi koʻzda tutilgan boʻlib, muayyan shartlar bajarilgan taqdirda ushbu band majburiyga aylanadi. Shu tariqa, «Kalyari» 24 yoshli futbolchining faoliyatidagi yettinchi klubga aylandi.

Ma'lumot oʻrnida, Daniel Maldini «Milan» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning otasi Paolo va bobosi Chezare Maldini ham «rossoneri» sharafini himoya qilgan.

Avvalroq Harri Uinks «Kalyari»ga koʻchib oʻtgani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Calyari Calyari
Bugungi yangiliklar