Harri Uinks faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi.
"Lester" bilan hayrlashgan yarimhimoyachi "Kalyari" safiga qo‘shildi va sardiniyaliklar bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
30 yoshli ingliz o‘tgan mavsumda Chempionshipda 34 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Uinks faoliyatining katta qismini "Tottenhem"da o‘tkazgan. Unga A Seriya begona emas — 2023 yili "Sampdoriya"da ijarada harakat qilgan.
Harri Uinks "Kalyari"ga o‘tdi
Futbol
15 iyul, 15:50
"Tottenhem" sobiq yarimhimoyachisi A Seriyaga qaytdi.
Foto: Cagliari