Live
7
O'zbek

Rodri "Barsa"ga o'tsa, qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi

Futbol
9 avgust, 07:45
Kataloniyaliklar transfer yaqin vaqt ichida amalga oshishiga ishonmoqda.
Rodri "Barsa"ga o'tsa, qancha maosh olishi ma'lum bo'ldi
Foto: Getty Images

"Manchester City" yarimhimoyachisi Rodri Ernandesning "Barcelona"ga ehtimoliy transferi bo'yicha yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Kataloniyaliklar transfer yaqin vaqt ichida amalga oshishiga ishonch bildirmoqda. Qayd etilishicha, "ko'k-anorranglilar" Rodri transferini kelasi haftada yakunlashni istamoqda.

Ispaniyalik futbolchi bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishilgan. Uning yillik maoshi 15 million yevroni tashkil etadi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum 30 yoshli Rodri barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 2 marta ishg'ol qilgan. Avvalroq "Barcelona" Rodri transferiga de Yongni qo'shmoqchi ekani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar