«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford «Barselona»dagi ijaradan qaytgach, klubda qolishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Futbolchi bugun «qizil iblislar»ning Karringtondagi qarorgohiga yetib kelgan. Qayd etilishicha, hujumchiga Turkiya va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda, ammo Reshford bu variantlarni ko‘rib chiqmayapti.
«Manchester Yunayted» esa o‘z tarbiyalanuvchisini kelasi mavsum uchun jamoada olib qolishga tayyor. Avvalroq Reshford «Barselona» bilan xayrlashgani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi