Angliya milliy jamoasi hujumchisi Markus Reshford «Barselona»ni tark etganini ma’lum qilib, klub va muxlislarga xayrlashuv murojaatini yo‘lladi.
Ijarada kataloniyaliklar safida to‘p tepgan futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda hissiyotlarga boy post e’lon qildi.
«Klubdagi barchaga bu yerdagi vaqtimni shunchalik ijobiy va unutilmas qilganlari uchun chin dildan minnatdorman. Har bir lahzadan zavq oldim va o‘zim bilan juda ko‘p ajoyib xotiralarni olib ketaman. Klub va uning barcha muxlislariga yangi mavsumda omad hamda katta muvaffaqiyatlar tilayman», — deb yozdi Reshford.
Futbolchi ushbu xabarga «Barselona» libosidagi surati va familiyasi tushirilgan futbolkani ham ilova qilgan.
Ma’lumot uchun, Markus Reshford «Barselona» safida ijara asosida o‘ynagan. Uning transfer huquqi hamon «Manchester Yunayted» klubiga tegishli.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi