Live
3
O'zbek

Adeyemi: "Hali ham Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonishni orzu qilaman"

Futbol
29 iyul, 22:30
"Barsa" futbolchisi oʻzining eng katta orzusi haqida gapirdi.
Adeyemi: "Hali ham Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonishni orzu qilaman"
Foto: Getty Images

"Barselona" futbolchisi Karim Adeyemi oʻzining eng katta orzusi haqida gapirdi.

— "Borussiya" bilan Chempionlar Ligasi finalida magʻlub boʻlgansiz. "Barselona" bilan buning revanshini olaman deb oʻylaysizmi?

— Albatta. Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonish — mening orzum. Men bu maqsadga juda yaqin kelgandim, ammo afsuski, oʻshanda magʻlub boʻldik.

Hali ham ushbu turnirda gʻalaba qozonishni orzu qilaman. Men har kuni aynan shu maqsad yoʻlida mehnat qilaman, — dedi Adeyemi Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Maʼlumot oʻrnida, germaniyalik vinger oʻtgan hafta Dortmundning "Borussiya" klubidan kataloniyaliklar safiga kelib qoʻshilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

90+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar