Live
1
O'zbek

«Barselona» Alvaresdan navbatdagi qadamni kutmoqda

Futbol
30 iyul, 11:30
Kataloniyaliklar hujumchi «Atletiko»ni tark etish istagini yana bir bor namoyish etishiga umid qilmoqda.
«Barselona» Alvaresdan navbatdagi qadamni kutmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» rahbariyati «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresdan transferni tezlashtirishi mumkin bo‘lgan navbatdagi qadamni kutmoqda.

Sport.es xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi argentinalik futbolchi Madrid jamoasini tark etish istagini yana bir bor ochiq namoyish etishiga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Alvares 2026 yilgi Jahon chempionati vaqtida omma oldida «Atletiko»ni tark etishni istashini ma’lum qilgandi.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» futbolchining o‘zi yana bir qadam tashlamaguncha yangi taklif bilan chiqmoqchi emas. Shu bois klub Alvares yaqin kunlarda bu borada faol harakat qilishini kutmoqda.

Ma’lumot uchun, avvalroq «Barselona» Xulian Alvares transferi uchun «Atletiko»ga 100 million yevro taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar