Live
1
O'zbek

Balde: «Men ketmayman. «Barselona» — mening uyim»

Futbol
29 iyul, 17:00
Himoyachi ketishi va jarohati haqidagi mish-mishlarga javob berdi.
Balde: «Men ketmayman. «Barselona» — mening uyim»
Foto: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Alexandro Balde yozgi transfer oynasida klubni tark etishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Futbolchi «Sport» nashriga bergan intervyusida «Barselona»ni tark etish niyati yo‘qligini qat’iy ta’kidladi.

«Men ketmayman. «Barselona» — mening uyim. Bu klubda 16 yildan beri, deyarli butun umrimni o‘tkazdim. Men aynan shu yerda muvaffaqiyat qozonishni xohlayman. Fikrim faqat shu yerda va yana ko‘p yillar davomida klub safida o‘ynashni istayman», — dedi Balde.

Shuningdek, ispaniyalik futbolchi chanoq sohasidan jarohati olgani haqidagi xabarlarni ham rad etdi.

«Menda jarohat yo‘q. Bu xabarlar haqiqat emas. Keyingi o‘yinda «Barselona» safida maydonga tushishga tayyor bo‘laman», — deya qo‘shimcha qildi himoyachi.

Ma’lumot uchun, Alejandro Balde «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klub tizimida 16 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar