Live
1
O'zbek

«Real» Rodri va Diomande uchun tarkibda joy bo‘shatishi kerak

Futbol
29 iyul, 16:30
Madrid klubi yangi transferlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun kamida ikki futbolchi bilan xayrlashishi lozim.
«Real» Rodri va Diomande uchun tarkibda joy bo‘shatishi kerak
Foto: Getty Images

«Real» Rodri va Yan Diomandeni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tarkibdagi kamida ikki futbolchini kuzatishga majbur bo‘ladi.

COPE xabariga ko‘ra, ayni paytda Madrid klubining La Liga uchun ajratilgan 25 o‘rinlik qaydnomasi to‘liq band. Biroq muammo shundaki, futbolchilarning hech biri jamoani tark etishni istamayapti.

Manbaga ko‘ra, transferga eng yaqin nomzodlar Raul Asensio va Gonsalo Garsiya hisoblanadi. Shuningdek, Franko Mastantuono nomi ham tilga olinmoqda, biroq u hozircha zaxira jamoasi ro‘yxatida qayd etilgan.

Qayd etilishicha, Raul Asensio boshqa klublarning takliflarini ko‘rib chiqishni istamayapti va yangi murabbiylar shtabiga o‘zini ko‘rsatishga bel bog‘lagan. Gonsalo Garsiya esa «Fulhem»ga o‘tish variantini ko‘rib chiqishga tayyor, ammo avval klublar o‘rtasidagi muzokaralar qanday yakunlanishini kutmoqchi.

Ma’lumot uchun, avvalroq «Real» Rodri bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olgani, shuningdek, Yan Diomande transferini ham yakunlash arafasida ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar