«Real» «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri transferini yaqin 24 soat ichida yakunlashi mumkin.
AS xabariga ko‘ra, Madrid klubi vakillari 30 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvdan so‘ng transfer bo‘yicha kelishuvga erishishga umid qilmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Real» 30 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 40–50 million yevro atrofida mablag‘ to‘lashni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Florentino Peres Rodrining transferini ma’qullagani va «Real» «Manchester Siti» bilan og‘zaki muzokaralarni boshlagani haqida xabarlar tarqalgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi