«Yuventus» «Bayer» vingeri Kerim Alaybegovich transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Sky Sport jurnalisti Patrik Bergerning xabariga ko‘ra, Turin klubi 18 yoshli Bosniya va Gersegovina milliy jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shadi.
Transfer qiymati 33 million yevroni tashkil etadi. Bonuslar evaziga ushbu summa yana 7 million yevroga oshishi mumkin.
Qayd etilishicha, Alaybegovichga Londonning «Chelsi» klubi ham qiziqish bildirgan.
Ma’lumot uchun, Kerim Alaybegovich Bosniya va Gersegovina milliy jamoasi sharafini himoya qiladi.