Live
9
O'zbek

Fransiya milliy jamoasi Zidan tayinlanganidan so‘ng yangi logotipni taqdim etdi

Futbol
29 iyul, 13:13
Milliy jamoa ramzida gall xo‘rozi saqlab qolingan, biroq dizaynga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.
Fransiya milliy jamoasi Zidan tayinlanganidan so‘ng yangi logotipni taqdim etdi
Foto: Getty Images

Fransiya futbol federatsiyasi Zinedin Zidan bosh murabbiy etib tayinlanganidan so‘ng milliy jamoaning yangilangan logotipini taqdim etdi.

Yangi emblemaning asosiy ramzi — gall xo‘rozi saqlab qolingan. Biroq logotipga «France» yozuvi qo‘shilgan, FFF qisqartmasi esa avvalgisiga nisbatan kichraytirilgan.

Ma’lumot uchun, Fransiya milliy jamoasining avvalgi logotipi 2018 yilgi Jahon chempionatidagi g‘alabadan keyin yangilangandi. O‘shanda emblema ustiga mamlakatning ikkinchi jahon chempionligini ifodalovchi ikkinchi yulduz qo‘shilgan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya futbol federatsiyasi avvalroq Zinedin Zidan bilan 4 yillik shartnoma imzolaganini rasman e’lon qilgan. U 2012 yildan buyon milliy jamoani boshqarib kelgan Didye Deshamning o‘rnini egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar