Live
5
O'zbek

Tomori «Liverpul»ning transfer nishoniga aylandi

Futbol
29 iyul, 13:42
Mersisayd klubi himoyachi uchun muzokaralarni boshlab yuborgan.
Tomori «Liverpul»ning transfer nishoniga aylandi
Foto: Getty Images

«Milan» himoyachisi Fikayo Tomori yozgi transferlar oynasida Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin.

Jurnalist Jeyms Uotland xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchiga «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisayd klubi allaqachon transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Qayd etilishicha, Tomori uchun kurashga «Nyukasl» ham qo‘shilgan.

Ma’lumot uchun, Fikayo Tomori 2021 yilda «Chelsi»dan «Milan»ga 28 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Eslatib o'tamiz, o‘tgan mavsum himoyachi barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt uni 17 million yevroga baholaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar