«PSJ» vingeri Bredli Barkolya «Liverpul»ga o‘tishga og‘zaki rozilik berdi.
L’Equipe xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi mersisaydliklar safiga qo‘shilish istagini bildirgan. Biroq bu hali tomonlar shaxsiy shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishganini anglatmaydi.
Qayd etilishicha, Barkolya «Liverpul» rahbariyati va bosh murabbiy Andoni Iraola bilan muloqot qilgan. Futbolchi endi ikki klub transfer masalasida kelishuvga erishishiga umid qilmoqda.
Shu bilan birga, «Liverpul» taklif qilayotgan summa bilan «PSJ» talab qilayotgan mablag‘ o‘rtasida hali ham katta tafovut mavjud. Avvalroq parijliklar futbolchi uchun 170 million yevro so‘rayotgani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Bredli Barkolya o‘tgan mavsum Liga 1 doirasida 29 ta bahsda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.