Live
4
O'zbek

Rafinya Saudiya klublarining takliflarini rad etdi. U «Barselona»da qolmoqchi

Futbol
28 iyul, 11:28
Braziliyalik vinger yangi mavsumda asosiy tarkib uchun kuchli raqobatga tayyor.
Rafinya Saudiya klublarining takliflarini rad etdi. U «Barselona»da qolmoqchi
Foto: Getty Images

«Barselona» vingeri Rafinya Saudiya Arabistoni klublaridan tushgan takliflarga rad javobini berdi.

Marca xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi Kataloniya klubidagi beshinchi mavsumini boshlashni va amaldagi shartnomasini oxirigacha bajarishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, yozda «Barselona» Entoni Gordon va Karim Adeyemini transfer qilgani sabab chap qanotdagi raqobat yanada kuchaygan. Bundan tashqari, ushbu pozitsiyada Fermin Lopes hamda Ferran Torres ham o‘ynay oladi.

Shunga qaramay, Rafinya o‘z o‘rni uchun kurashishga tayyor. Manba ma’lumotiga ko‘ra, klub ichida uning transferidan katta mablag‘ ishlab olish tarafdorlari ham bor.

Ma’lumot uchun, Rafinyaning «Barselona» bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt uni 70 million yevroga baholaydi. O‘tgan mavsum braziliyalik futbolchi jarohat sabab 17 ta bahsni o‘tkazib yuborgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar