«Barselona» «Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi transferi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi.
Sport.es xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar vakillari 20 yoshli fransiyalik futbolchining agentlari bilan bog‘lanib, ehtimoliy transfer tafsilotlarini muhokama qilgan.
Qayd etilishicha, «Barselona» Krupini «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares transferiga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Barselona» Xulian Alvares uchun 100 million yevrolik taklif yuborgani, biroq «Atletiko» ushbu taklifni rad etgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘tgan mavsum Eli Junior Krupi «Bornmut» safida APLda 33 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.