Bugun
17
O'zbek

Netflix Joze Mourinio haqida hujjatli film premerasini e’lon qildi

Futbol
28 iyul, 08:00
Loyiha yaratuvchilari Mourinio faoliyatining bungacha noma’lum bo‘lgan epizodlarini taqdim etishga va’da berishmoqda.
Netflix Joze Mourinio haqida hujjatli film premerasini e’lon qildi
Foto: Getty Images

Netflix Joze Mourinio haqida hujjatli filmni e’lon qildi

Netflix platformasida «Joze Mourinio. O‘ziga xos» filmi premerasi 11-avgust kuni - deyiladi servisning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida. Film zamonaviy futbolning eng buyuk vakillaridan biri hisoblangan portugaliyalik murabbiyning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.

Loyiha yaratuvchilari Mourinio faoliyatining bungacha noma’lum bo‘lgan epizodlarini, shuningdek, mashhur futbolchilar bilan eksklyuziv intervyularni taqdim etishga va’da berishmoqda. Ishtirokchilar orasida ser Aleks Fergyuson, Jon Terri, Iker Kasilyas, Zlatan Ibrahimovich, Didiye Drogba, Marselo, Samuel EtoO, Xaver Zanetti, Frenk Lempard va Petr Chex bor.

Filmda Mourinioning asosiy muvaffaqiyatlari, janjallari va afsonaviy futbolchilar bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek, u qanday qilib «O‘ziga xos» laqabini olgani haqida hikoya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 11-iyun kuni Madridning «Real» klubi Joze Mourinioning bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qilgandi. U bilan tuzilgan shartnoma 2029-yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Bugungi yangiliklar