Bugun
17
O'zbek

Benzema Zidanning Fransiya milliy jamoasiga tayinlanishiga munosabat bildirdi

Futbol
28 iyul, 09:00
Sobiq hujumchi afsonaviy mutaxassisni o‘zi uchun akasidek inson deb atadi.
Benzema Zidanning Fransiya milliy jamoasiga tayinlanishiga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Karim Benzema Zinedin Zidan bosh murabbiy etib tayinlanganidan mamnun ekanini bildirdi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, Benzema fransiyalik mutaxassisni afsona deb atadi va u bilan yaqin munosabatda ekanini ta’kidladi.

«U afsona. Men uchun u akamdek inson. Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyiga aylanganidan juda xursandman», — dedi Benzema.

Qayd etilishicha, Zinedin Zidan Fransiya futbol federatsiyasi bilan 2030 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, Zidan avval «Real»ni ikki davrda boshqarib, klub bilan ikki marta La Liga va ketma-ket uch marta UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar