Bu haqda jurnalist va insayder Sasha Tavoleri o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Fransiya milliy jamoasi va «Pari Sen-Jermen» klubi yarimhimoyachisi Usmon Dembele «Al Hilol»ning shu yozda transfer bo‘yicha foydali taklifini rad etdi.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yildagi «Oltin to‘p» sohibi «PSJ» bilan yangi bitim imzolashi kutilmoqda.
2025/2026-yilgi mavsumda Dembele barcha musobaqalarni inobatga olganda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma yetkazib berdi. JCH-2026da Usmon 8 ta o‘yinda ishtirok etib, ulardan 7 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 100 mln yevroga baholamoqda.