Bugun
17
O'zbek

Mudrik mualliflik huquqlarini buzgani uchun 2,5 million yevrodan mahrum bo‘ldi

Futbol
28 iyul, 09:31
Ukrainalik futbolchi yana bir muammoga duch keldi.
Mudrik mualliflik huquqlarini buzgani uchun 2,5 million yevrodan mahrum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Ukrainalik futbolchi Mixailo Mudrik yangi muammoga duch keldi - u doping mashmashasi boshlanishidan oldin, 2023-yilda imzolangan shartnomasi tufayli 2,5 million yevrodan mahrum bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Mudrik JJDS Management Limited kompaniyasiga tijorat suratga olishlari uchun tegishli foizlarni to‘lamagan va sud jarayoni natijasida uning 2,5 million yevrolik hisob raqami muzlatilgan. Shunday qilib, u pulni qaytarishi kerak bo‘ladi va aftidan, o‘yinchi «Chelsi» unga to‘lashda davom etishga majbur bo‘layotgan maoshdan bu ishni amalga oshiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda ukrainalik futbolchi doping testida taqiqlangan modda aniqlangani tufayli to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar