Bugun
17
O'zbek

O‘rtoqlik bahsi. «Chelsi» dramatik o‘yinda «Vestern Sidney Uonderers»ni mag‘lub etdi

Futbol
28 iyul, 07:43
Joau Pedroning het-trigi evaziga londonliklar 6:4 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘rtoqlik bahsi. «Chelsi» dramatik o‘yinda «Vestern Sidney Uonderers»ni mag‘lub etdi
Foto: Getty Images

Avstraliyaning Sidney shahridagi «Akkor» stadionida «Chelsi» va «Vestern Sidney Uonderers» o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsi bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kechgan bellashuvda londonliklar 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisob 6-daqiqada Dastan Satpayev tomonidan ochildi. 14-daqiqada Entoni Pantazopulos muvozanatni tikladi. 32-daqiqada Eydan Hemmond mezbonlarni oldinga olib chiqdi, biroq oradan besh daqiqa o‘tib Dariu Esugu hisobni tenglashtirdi.

62-daqiqada Dilan Saykluna yana «Vestern Sidney Uonderers»ni oldinga olib chiqdi. To‘rt daqiqadan so‘ng Jeymi Gittens javob golini urdi. 78-daqiqada Ouen Lual avstraliyaliklarni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

Bahs yakunida Joau Pedro haqiqiy qahramonga aylandi. Braziliyalik hujumchi 80, 85 va 88-daqiqalarda ketma-ket uchta gol urib, «Chelsi»ga irodali g‘alabani taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, bu «Chelsi»ning Avstraliya va Osiyo bo‘ylab mavsumoldi safaridagi ilk o‘rtoqlik bahsi bo‘ldi. Keyingi o‘yinda londonliklar Sidneyda «Tottenhem»ga qarshi maydonga tushadi.

O‘rtoqlik bahsi
28 iyul. Sidney
Chelsi — Vestern Sidney Uonderers 6:4
Gollar:
Satpayev, 6 (1:0), Pantazopulos, 14 (1:1), Hemmond, 32 (1:2), Esugu, 37 (2:2), Saykluna, 62 (2:3), Gittens, 66 (3:3), Lual, 78 (3:4), Joau Pedro, 80 (4:4), 85 (5:4), 88 (6:4).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Western Sydney Wanderers FC Western Sydney Wanderers FC
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar