"Atletiko" "Chelsi" yarimhimoyachisi Entso Fernandes uchun kurashga qo'shildi va bu borada "Manchester Siti"ga raqobatchi bo'ldi.
"Matraschilar" bosh murabbiyi Diego Simeone 25 yoshli argentinalik futbolchining o'yiniga ancha vaqtdan beri yuqori baho berib keladi. Biroq "Chelsi" Entsoni faqatgina 120 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
"Manchester Siti" esa tarkibda variantlarni ko'paytirish uchun universal yarimhimoyachi izlamoqda. Shu bilan birga, "Atletiko" Entso Fernandesni faoliyati yakuniga yaqinlashayotgan Kokening uzoq muddatli o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.
Ayni paytda har ikki klub ham ushbu transferning moliyaviy jihatdan qanchalik ma'qul kelishini baholamoqda. Avvalroq Fernandesning "Chelsi"da qolishi mumkinligi ma'lum qilingan edi.