«Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandes jamoada qolishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kiran Gill xabar berdi.
Argentinalik futbolchi 2026 yilgi jahon chempionati yarimfinalidagi Angliyaga qarshi o‘yin (2:1)da ajoyib o‘yin ko‘rsatganiga qaramay, «Chelsi» hozircha uning transferi bo‘yicha boshqa klublardan hech qanday taklif olmagan.
Buning asosiy sababi — londonliklar Enso uchun talab qilayotgan yuqori summa. Qayd etish lozim, Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan «Chelsi»ga 121 million yevro evaziga o‘tgan. Uning klub bilan shartnomasi 2032 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi