Bugun
1
O'zbek

Runi: «Messi yana jahon chempioni bo'lsa, barcha bahslarga nuqta qo'yiladi. Hattoki Ronaldu muxlislari ham hurmat qilishadi»

Futbol
19 iyul, 12:30
Angliyalik sobiq hujumchining fikricha, Argentinaning chempionligi Leoni tarixdagi eng yaxshi futbolchiga aylantiradi.
Runi: «Messi yana jahon chempioni bo'lsa, barcha bahslarga nuqta qo'yiladi. Hattoki Ronaldu muxlislari ham hurmat qilishadi»
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Angliya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runining fikricha, agar Lionel Messi ikkinchi marta jahon chempionligini qo'lga kiritsa, tarixdagi eng buyuk futbolchi kim ekanligi haqidagi bahslarga nuqta qo'yadi.

Bugun, 19 iyul kuni Argentina milliy jamoasi tarkibida 39 yoshli afsona Ispaniyaga qarshi 2026 yildagi mundial finalida maydonga tushadi.

«Agar Argentina Jahon chempionatida g'alaba qozonsa, Messi barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi ekanligi haqidagi savollarga nuqta qo'yiladi.

Menimcha, hattoki Ronalduning muxlislari ham uni hurmat qilishi kerak.

Men har doim aytganman: ikkalasidan istalganini tanlash mumkin. Ammo Messining Jahon chempionatida qilgan ishlarini o'ylab ko'ring. Oldingi mundialda ham, bu safar ham, 39 yoshida. Bu barcha bahslarga yakun yasaydi»,
— deya Runining so'zlarini keltiradi BBC Sport.

Eslatib o'tamiz, Ueyn Runi «Manchester Yunayted»da Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

215+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar