Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente JCh-2026 g‘olibiga aylanish orqali tarixdan joy oldi.
Mutaxassis JCh-2026 finalida Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionatida g‘olib chiqqan ikkinchi ispaniyalik murabbiy sifatida tarixga kirdi.
Bu natijaga undan avval faqat Visente del Boske erishgandi. U 2010 yilgi Jahon chempionati finalida Ispaniyani Niderlandiya ustidan 1:0 hisobidagi g‘alabaga olib chiqqan. O‘sha bahsdagi yagona golni 116-daqiqada Andres Inyesta kiritgan edi.
JCh-2026 finalida esa chempionlik goliga 106-daqiqada Ferran Torres mualliflik qildi. Ushbu gol Ispaniyaga o‘z tarixidagi ikkinchi jahon chempionligini taqdim etdi.
Qayd etish joiz, ushbu g‘alaba bilan Luis de la Fuente Yevro-2024 va JCh-2026 bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgan murabbiylar qatoridan joy oldi, Argentina esa amaldagi jahon chempioni sifatidagi maqomini topshirib, musobaqani kumush medallar bilan yakunladi.