"Fenerbahçhe" klubi "Aston Villa" va Angliya milliy jamoasi hujumchisi Olli Uotkinsni o'z safida ko'rishni istamoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Hozircha klublar ehtimoliy transfer bo'yicha rasmiy muzokaralarni boshlamagan. Futbolchiga APLning boshqa jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Uotkins o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda.
Olli 2020 yildan buyon birminhеmliklar sharafini himoya qilib kelmoqda.