Meyson Grinvud «Fenerbahche» futbolchisiga aylandi.
Turkiya klubi 24 yoshli vingerni «Marsel»dan 39 million yevroga sotib olganini rasmiy e'lon qildi. Transfer puli uch yil davomida uchta teng to'lov orqali amalga oshiriladi.
Angliyalik futbolchi «Fenerbahche» bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
O'tgan mavsumda Grinvud Liga 1 doirasida «Marsel» safida 32 ta bahsda maydonga tushib, 16 ta gol urgani va 7 ta golga assistentlik qilgani ma'lum.
Eslatib o'tamiz, Grinvud «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi sanaladi. Shuningdek, u «Xetafe»da ham o'ynagan.
«Fenerbahche» Grinvud transferini e'lon qildi
Futbol
15 iyul, 09:20
«MYU» tarbiyalanuvchisi faoliyatini Istanbul klubida davom ettiradi.
Foto: Fenerbahce SK