Turkiya chempionatining 5-turida “Bashakshehir” safarda “Amedspor”dan javobsiz 5 ta gol qabul qilib oldi.
Istanbulliklar safida Oʻzbekiston milliy jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullayev asosiy tarkibda tushishdi. Ular ikkinchi boʻlimda zaxiraga olindi. Eldor bu mavsumda ilk bor maydonni golsiz tark etdi.
Soʻnggi 4 oʻyinda atigi 1 ochko toʻplagan Nuri Shahin jamoasi 4 ochko bilan 13-oʻrinda qoldi. “Amedspor” 10 ochko bilan 3-pogʻonaga koʻtarildi.
Turkiya Superligasi. 5-tur
Amedspor — Bashakshehir 5:0
13 sentyabr, Diyorbakir stadioni
Gollar: Bayram (45+1, avtogol), Orban (51, 55, 74), Diane (83).
Amedspor — Lafont, Dellova, Xalil (Sisse, 63), Krasniki (Bulbul, 79), Orban (Diane, 79), Saba, Balet (Lutin, 85), Beyts, Meras, Raveloson, Soyalp (Ustundag, 84).
Bashakshehir — Dilmen, Kalujinski (Yildirim, 46), Bayram, Gunesh, Kemen, Operi, Opoku, Skov Olsen (Sari, 46), Shahiner (Karbovnik, 46), FAYZULLAYEV (Brnich, 63), SHOMURODOV (Oʻzjan, 82).
Ogohlantirishlar: Operi (6), Gunesh (53), Krasniki (59).
Turkiya Superligasi. Eldor va Abbos oʻynagan bahsda “Bashakshehir” 0:5 hisobida yutqazdi
Futbol
13 sentabr, 14:47
10+
Shomurodov bu mavsumda ilk bor maydonni golsiz tark etdi.
Foto: Basaksehir
13.09.2026
FT
Turkiya Superligasi
Amed Sportif
5
:
0
Istanbul Bashakshahar
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi