Live
10
O'zbek

Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» «Genchlerbirligi»ni tor-mor etdi, Shomurodovdan dubl

Futbol
19 sentabr, 14:55
O‘yinda Eldor 77-daqiqada zaxiraga olindi. Abbosbek Fayzullayev aynan shu vaqtda o‘yinga qo‘shildi.
Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» «Genchlerbirligi»ni tor-mor etdi, Shomurodovdan dubl
Фото: Getty Images
19.09.2026 FT Turkiya Superligasi Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar 4 : 0 Genclerbirligi Genclerbirligi

Turkiya Superligasi 6-turida «Bashakshehir» o‘z maydonida «Genchlerbirligi»ga qarshi bellashdi. Unda istanbulliklar 4:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov dubl qayd etdi. Uning Superligadagi gollari soni 6 taga yetdi.

Bu bahsda Eldor asosiy tarkibda maydonga tushib, 77-daqiqada zaxiraga olindi. Abbosbek Fayzullayev esa 77-daqiqada o‘yinga qo‘shildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bashakshehir» turnir jadvalida 7 ochko bilan 12-o‘ringa ko‘tarildi. 7 ochkosi bor «Genchlerbirligi» esa 13-pog‘onani egallagan.

Turkiya Superligasi. 6-tur
Bashakshehir — Genchlerbirligi 4:0
Gollar:
Olsen 9, Shomurodov 33, 65, Zelke 53 penalti
Bashakshehir – Muhammad, Karbovnik, Emin, Ba, Saba, Umut, Kemen (Ergun, 62), Olsen, Brnich (FAYZULLAYEV, 77), Zelke (Yildirim, 69), SHOMURODOV (Ozjan, 77).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Istanbul Bashakshahar Istanbul Bashakshahar
  • Genclerbirligi Genclerbirligi
  • Turkiya Superligasi Turkiya Superligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar