Bugun
42
O'zbek

Yamal: «Hozir o‘yini bilan muxlislarga zavq ulashadigan men kabi futbolchilar kam»

Futbol
24 sentabr, 23:10
«Barselona» vingeri «Oltin to‘p»ni topshirishda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihat haqida gapirdi.
Yamal: «Hozir o‘yini bilan muxlislarga zavq ulashadigan men kabi futbolchilar kam»
Foto: Getty Images

Lamin Yamal o‘z o‘yini bilan boshqa futbolchilardan ajralib turishini aytdi.

«Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasi vingeri xalqaro tanaffus paytida o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘yin uslubim, shaxsiyatim... Yevropa futbolida Messini doimo eslashadi va uning o‘yinidan zavqlanishadi. Hozir Yevropada men kabi o‘z o‘yini bilan muxlislarga zavq beradigan futbolchilar kam. Zavq ulashish — maqsadim.

Har doim kumirim Neymar ekanligini aytganman. Menimcha, «Oltin to‘p»ni topshirishda bu (o‘yin uslubi) ham hisobga olinishi kerak — sovrin o‘yini bilan zavqlantiradigan eng yaxshi futbolchiga berilishi lozim. Boshqalardan ustun bo‘lgan va o‘yinlari yoqadigan futbolchiga. Meni boshqalardan ajratib turadigan jihat ham shu»
, — dedi Yamal Teledeporte telekanaliga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya Ispaniya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar