Bugun
42
O'zbek

Osiyo o‘yinlari. Vladlen Denisov yana bir kumush medalni qo‘lga kiritdi

Boshqalar
24 sentabr, 23:40
O‘zbekiston vakili kanoeda 500 metrga eshkak eshishda marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Osiyo o‘yinlari. Vladlen Denisov yana bir kumush medalni qo‘lga kiritdi
Foto: Olympic uz

Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medal qo‘shildi.

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Vladlen Denisov ushbu turnirdagi ikkinchi kumush medaliga sazovor bo‘ldi. U yakkalik bahslarida 500 metr masofada ikkinchi bo‘lib marraga yetib keldi.

Denisov avvalroq xuddi shu masofaga juftlik bahslarida Artur Guliyev bilan ham kumush medalga sazovor bo‘lgandi.

O‘zbekiston delegatsiyasining medallari 28 taga yetdi — 6 ta oltin, 14 ta kumush, 8 ta bronza.

Bugungi yangiliklar