Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. 25 sentyabrdagi bahslar O‘zbekiston uchun kumush medal bilan boshlandi.
Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha 500 metr masofaga kechgan to‘rtlik dasturida Yekaterina Shubina, Arina Tanatmisheva, Milana Dushev-Yanich va Shahrizoda Mavlonova kvarteti marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining medallari 27 taga yetdi — 6 ta oltin, 13 ta kumush, 8 ta bronza.
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston delegatsiyasi 25 sentyabrni kumush medal bilan boshladi
Boshqalar
24 sentabr, 23:27
Baydarkada eshkak eshishda qizlar kvarteti marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Foto: Olympic uz