Aichi-Nagoyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida boks bahslari ham davom etmoqda.
Bugun, 25 sentabr kuni O‘zbekistonning ikki vakili ringga ko‘tarildi.
-60 kg vazn toifasida Olimpiada va jahon chempioni Abdumalik Xalokov ilk jangini shimoliy koreyalik O Tae Bomga qarshi o‘tkazib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda 5:0 hisobida zafar quchdi va chorakfinalga yo‘l oldi.
Ayollar o‘rtasida esa -54 kg vazn toifasida Nigina O‘ktamova tojikistonlik Bibinashastamo Holova bilan to‘qnash kelib, 5:0 hisobida zafar quchdi va chorakfinal bosqichiga chiqdi.
Osiyo o‘yinlari, boks. Xalokov va O‘ktamova ishonchli g‘alaba bilan chorakfinalga yo‘l oldi
Boks
25 sentabr, 00:54
KXDR va Tojikiston vakillari mag‘lub etildi.
Foto: Boxing Uzbekistan