Yaponiyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida futbol sport turida chorakfinal bosqichi start olmoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 10:00da O‘zbekiston U-23 jamoasi saudiyalik tengqurlariga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichida 100 foizlik natija qayd etishdi. Jamoa yarimfinalga chiqsa, Yaponiya — KXDR juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Osiyo o‘yinlari. Chorakfinal
O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni
25 sentyabr, Nagoya, «Mizuho Stedium»
O‘zbekiston — Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilshod Murtazoyev, G‘iyos Rizaqulov, Quvonch Xushvaqtov, Sardor Bahromov, Saidumar Saidnurullayev, Muhammadali O‘rinboyev, Asilbek Jumayev, Azizbek To‘lqinbekov, Ro‘ziboy Fayzullayev.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi