Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida Osiyo o'yinlari davom etmoqda.
25 sentyabr kungi bellashuvlarda O'zbekiston delegatsiyasi hisobiga yozilgan uchinchi medal ham kumush bo'ldi.
Kanoeda eshkak eshish bahslarida 500 metr masofaga kechgan juftlik bellashuvlarida Shohsanam Sherzodova hamda Nilufar Zokirova tandemi finishga ikkinchi bo'lib yetib keldi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq baydarkada qizlar kvarteti va kanoeda Vladlen Denisov ham kumush medalga sazovor boʻlgandi.
O'zbekiston delegatsiyasining medallari 29 taga yetdi — 6 ta oltin, 15 ta kumush, 8 ta bronza. Umumjamoa hisobida 5-o'ringa joylashgan.
Osiyo o'yinlari. Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova juftligi ham kumush medalni qo'lga kiritdi
Boshqalar
25 sentabr, 00:39
O'zbekiston delegatsiyasining medallari 29 taga yetdi.
Foto: Olympic uz