Bugun
27
O'zbek

«PSJ» «Barselona» yulduzini sotib olishni istamoqda

Futbol
24 sentabr, 09:00
Luis Enrike Fermin Lopesni Parij klubida ko‘rishni istamoqda, biroq kataloniyaliklar futbolchini sotishga tayyor emas.
«PSJ» «Barselona» yulduzini sotib olishni istamoqda
Foto: Getty Images

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Barselona»ning hujumkor yarimhimoyachisi Fermin Lopesni jamoasiga olib kelishni istamoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Lopesni o‘z taktikasiga juda mos futbolchi deb hisoblaydi. Enrike yuqori intensivlikda o‘ynay oladigan, hujumdagi xavfli zonalarga muntazam kirib boradigan yarimhimoyachilarni qadrlaydi.

Fermin Lopes bo‘sh hududlardan samarali foydalanishi, raqibga pressing qo‘llashi, hujumlarga chuqurdan qo‘shilishi va gollar hamda golli uzatmalar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etishi bilan «PSJ» murabbiyining talablariga javob beradi.

Parij klubi futbolchi uchun jiddiy taklif berish imkoniyatiga ega. Biroq «Barselona» hozircha Lopes bo‘yicha muzokara olib borishni ham istamayapti. Kataloniyaliklarning pozitsiyasi qat’iy: Fermin sotuvga qo‘yilmaydi.

El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, hatto «PSJ» tomonidan 100 million yevrolik taklif berilgan taqdirda ham «Barselona» futbolchini sotish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmayapti. Shu sababli Lopesning Parij klubiga o‘tishi hozircha murakkab ko‘rinmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar