Bugun
27
O'zbek

Rodri: «PSJ — ayni paytda dunyoning eng kuchli jamoasi»

Futbol
23 sentabr, 23:40
    19
«Barsa» yarim himoyachisi jamoaning oldinda turgan muhim uchrashuvlari haqida fikr bildirdi.
Rodri: «PSJ — ayni paytda dunyoning eng kuchli jamoasi»
Foto: Getty Images

«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes jamoaning oldinda turgan muhim uchrashuvlari haqida fikr bildirdi.

Kataloniyaliklar xalqaro tanaffusdan so‘ng 20 oktabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida safarda «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi. Oradan besh kun o‘tib esa La Ligada «Real»ni qabul qiladi.

«Men uchun bu yangilik bo‘ladi. Hali «Barselona» safida bunday muhim uchrashuvlarda qatnashmaganman. O‘ylashimcha, har ikki bellashuv ham o‘ziga xos va muhim.

Agar bittasini tanlash kerak bo‘lsa, Parijdagi qarama-qarshilikni aytgan bo‘lardim. Chunki «PSJ» — ayni paytda dunyoning eng kuchli jamoasi», — dedi Rodri.

Ma’lumot o‘rnida, 30 yoshli futbolchi avgust oyida «Manchester Siti»dan «Barselona»ga jami 76,5 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. Kataloniyaliklar ispaniyalik yarim himoyachi bilan 2030 yil yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzolagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

19 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar