Live
1
O'zbek

«Arsenal» Oyarzabalni kuzatmoqda

Futbol
20 iyul, 17:26
Transfermarkt portali Oyarzabalning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.
«Arsenal» Oyarzabalni kuzatmoqda
Фото: Getty Images

«Arsenal» klubi «Real Sosiedad» hujumchisi Mikel Oyarzabalni transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «to'pchilar» uchun asosiy maqsad hamon «Atletiko» forvardi Xulian Alvares hisoblanadi. Biroq argentinalik hujumchini o'z safiqa jalb qilish oson bo'lmasligi mumkin. Shu sabab klub rahbariyati muqobil variant sifatida 29 yoshli Oyarzabalga e'tibor qaratgan.

O'z navbatida Mikel «Real Sosiedad»da o'zini baxtli his qilayotganini aytgan, ammo kelajakda klubini o'zgartirish ehtimolini ham istisno etmagan.

Uning amaldagi shartnomasida 75 million yevro miqdorida tovon puli belgilangani aytilmoqda. Shu bilan birga, Transfermarkt portali Oyarzabalning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar