Live
3
O'zbek

Messi JCh-2026da yaratilgan golli vaziyatlar bo‘yicha tengsiz bo‘ldi

Futbol
21 iyul, 04:35
Argentina sardori mundialning eng yaxshi pleymeykeri sifatida qayd etildi.
Messi JCh-2026da yaratilgan golli vaziyatlar bo‘yicha tengsiz bo‘ldi
Foto: Getty Images
19.07.2026 AET Jahon chempionati (JCH-2026) Ispaniya Ispaniya 1 : 0 Argentina Argentina

Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi JCh-2026 yakunlariga ko‘ra, turnirda eng ko‘p golli vaziyat yaratgan futbolchi bo‘ldi.

Squawka statistik portalining ma'lum qilishicha, 39 yoshli hujumchi mundial davomida jamoadoshlari uchun 25 ta golli imkoniyat yaratgan va bu borada barcha futbolchilarni ortda qoldirgan.

Ushbu reytingda ikkinchi o‘rinni Fransiya milliy jamoasining uch nafar futbolchisi bo‘lishdi. Kilian Mbappe, Maykl Olise va Usmon Dembele hisobida 18 tadan golli vaziyat mavjud.

Keyingi o‘rinlardan esa Leandro Trossar, Ashraf Hakimi va Deklan Rays joy oldi. Ularning har biri 17 tadan golli imkoniyat yaratgan.

Qayd etish joiz, Messi JCh-2026da Argentina bilan finalgacha yetib bordi. Biroq hal qiluvchi bahsda Luis de la Fuente shogirdlari Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, mundialni kumush medallar bilan yakunladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

60+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar