Live
7
O'zbek

«Tottenhem» va «Napoli» o‘zaro futbolchi alishishi mumkin

Futbol
21 iyul, 07:51
Ushbu transfer oynasi vaqtida London va Neapol klublari darvozabonlari bilan alishib olishi mumkin.
«Tottenhem» va «Napoli» o‘zaro futbolchi alishishi mumkin
Foto: Getty Images

Bu haqda RAI xabar berdi.

Angliyaning «Tottenhem» klubi va Italiyaning «Napoli» jamoasi joriy transfer oynasida futbolchilar almashinuvi amalga oshirilishi mumkin.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar golkiperi Gulelmo Vikario yozda jamoani tark etish niyatida. U yurtiga qaytish variantini o‘rganib chiqmoqda. O‘z navbatida neapolliklar Vanya Milinkovich-Savich bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda. Natijada tomonlar o‘zaro golkiper almashinuvini amalga oshirishishi mumkin.

APL o‘tgan mavsumida Vikario 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol o‘tkazib yubordi. Milinkovich-Savich A Seriya doirasidagi 27 o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar