"Tottenhem" yozgi transferlar oynasida himoyachi Kristian Romero bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqida TEAMtalk xabar berdi.
Manbaga ko'ra, London klubi yangi mavsum uchun taktik rejalari argentinalik 28 yoshli futbolchisiz tuzishni boshlagan.
Qayd etilishicha, "tachaqlar" Romeroning transferidan qariyb 58 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, klub vaziyatga qarab, transfer narxini kamaytirishi ham mumkin.
Hozirda unga "Real", "Barselona", "Atletiko" va "Inter" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
O'tgan mavsumda Kristian barcha turnirlar doirasida 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.