Live
1
O'zbek

«Tottenhem» «Nyukasl»ning Bergvall borasidagi taklifini rad etdi — Ornshteyn

Futbol
18 iyul, 15:43
Londonliklar yarimhimoyachi bilan xayrlashishga shoshilmayapti.
«Tottenhem» «Nyukasl»ning Bergvall borasidagi taklifini rad etdi — Ornshteyn
Foto: Gettyimages

Bu haqda The Athletic jurnalisti va insayder Devid Ornshteyn o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

«Tottenhem» klubi «Nyukasl»ning yarimhimoyachi Lukas Bergvall transferi bo‘yicha taklifini rad etdi.

Uning yozishicha, «hakkalar» futbolchi uchun £ 46 mln (54 mln yevro) to‘lashga tayyor edilar. Ta’kidlanishicha, londonliklar xavbek bo‘yicha bir nechta taklifni rad etib ulgurgan, ammo ular kattaroq summa taklif qilingan taqdirda muzokaralarga kirishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Bergvall «Tottenhem»ga 2024-yil «Yurgorden»dan o‘tgandi. O‘tgan mavsum ingliz klubi safida 33 ta o‘yinda 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Transfermarkt portali yarimhimoyachining aktual transfer narxini 35 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar