Angliya milliy jamoasi JCh-2026da tarixiy statistika qayd etdi. «Uch sherlar» ushbu mundial davomida birorta ham «Manchester Yunayted» futbolchisidan foydalanmadi.
Bu holat oxirgi marta 1958 yilgi jahon chempionatida kuzatilgan edi. O‘sha yili fevral oyida sodir bo‘lgan Myunxen aviahalokati oqibatida «Manchester Yunayted» bir qator yetakchi futbolchilaridan ayrilgandi. Shu sababli Angliya Shvetsiyada o‘tgan mundialga klub vakillarisiz yo‘l olgan.
Shundan buyon Angliya milliy jamoasi har bir jahon chempionatida kamida bitta «Manchester Yunayted» futbolchisiga tayangan edi. Biroq JCh-2026 ushbu uzoq davom etgan an'anaga yakun yasadi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya JCh-2026 uchinchi o‘rin uchun kechayotgan bahsning birinchi bo‘limidan so‘ng Fransiyani 4:0 hisobida mag‘lub etmoqda. Mundial finalida esa 19 iyul kuni Argentina va Ispaniya milliy jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.