Live
1
O'zbek

JCh-2026da o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmagan 23 nafar futbolchi e'lon qildi — A Bola

Futbol
18 iyul, 14:50
Ro‘yxatdan Krishtianu Ronaldu, Neymar, Deklan Rays va boshqa yulduzlar ham o‘rin oldi.
JCh-2026da o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmagan 23 nafar futbolchi e'lon qildi — A Bola
Foto: Getty Images

Portugaliyaning A Bola nashri JCh-2026da o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmagan 23 nafar futbolchi reytingini e'lon qildi.

Ro‘yxatdan Portugaliya sardori Krishtianu Ronaldu, Braziliya hujumchisi Neymar, Angliya yarimhimoyachisi Deklan Rays va yana bir qator taniqli futbolchilar joy oldi.

To‘liq ro‘yxat quyidagicha:

  • Fernando Muslera (Urugvay)
  • Yozua Kimmix (Germaniya)
  • Yoshko Gvardiol (Xorvatiya)
  • Gabriel Magalyains (Braziliya)
  • Pero Inkapye (Ekvador)
  • Federiko Valverde (Urugvay)
  • Jamol Musiala (Germaniya)
  • Brunu Fernandesh (Portugaliya)
  • Leroy Sane (Germaniya)
  • Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)
  • Son Xyon Min (Janubiy Koreya)
  • Manuel Noyer (Germaniya)
  • Deklan Rays (Angliya)
  • Skott Maktominey (Shotlandiya)
  • Orkun Kyokchu (Turkiya)
  • Bernardu Silva (Portugaliya)
  • Antuan Semenyo (Gana)
  • Kenan Yildiz (Turkiya)
  • Neymar (Braziliya)
  • Arda Gyuler (Turkiya)
  • Viktor Gokeresh (Shvetsiya)
  • Jeremi Doku (Belgiya)
  • Rafinya (Braziliya)

Reytingga ko‘ra, eng ko‘p vakillikka Germaniya ega bo‘ldi — ro‘yxatdan 4 nafar futbolchi joy oldi. Portugaliya, Braziliya va Turkiya esa 3 nafardan futbolchi bilan keyingi o‘rinlarni egalladi. Urugvaydan 2 nafar futbolchi kiritilgan bo‘lsa, qolgan mamlakatlardan bittadan vakil bor.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida 19 iyul kuni Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Argentina amaldagi jahon chempioni sifatida o‘z unvonini himoya qilsa, Ispaniya turnir davomida hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar