Live
1
O'zbek

«Chelsi» Morgan Rojers transferini kelishib oldi — Romano

Futbol
18 iyul, 14:05
London klubi «Aston Villa»ga rekord darajadagi taklif bilan chiqdi.
«Chelsi» Morgan Rojers transferini kelishib oldi — Romano
Foto: Getty Images

«Chelsi» Morgan Rojers transferi bo‘yicha «Aston Villa» bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist va taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Birminghem klubi londonliklarning 117 million funt sterling (taxminan 137 million yevro) miqdoridagi taklifini qabul qilgan.

Aytilishicha, Rojers «Chelsi» bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi. Bitimda yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham mavjud. Yarimhimoyachi dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

2025/26 yilgi mavsumda Rojers «Aston Villa» safida barcha musobaqalarda 55 ta bahsda maydonga tushib, 14 ta gol va 12 ta assist qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt portali 22 yoshli ingliz futbolchisining transfer qiymatini 90 million yevro deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Aston Villa Aston Villa
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar