Mashhur britaniyalik teleboshlovchi Pirs Morgan «Chelsi»ning Morgan Rojers transferi uchun 117 million funt sterling to‘lash qarorini keskin tanqid qildi.
Avvalroq londonliklar «Aston Villa» bilan 23 yoshli yarimhimoyachining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Agar bitim rasman yakunlansa, Rodjers tarixdagi eng qimmat ingliz futbolchisiga aylanadi. U shu paytgacha Elliot Andersonga tegishli bo‘lgan 116 million funtlik rekordni yangilaydi.
«Arsenal» muxlisi sifatida tanilgan Morgan ushbu transfer narxini haddan tashqari yuqori deb baholadi.
«Bu mutlaqo bema'ni narx. Bunday pulga men Vinisius Junior yoki Xvicha Kvaratsxeliyani kutgan bo‘lardim», — deb yozdi Morgan.
Eslatib o‘tamiz, transfer insayderlari Fabrisio Romano va Devid Ornshteynning xabariga ko‘ra, Rojers 20 iyul kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tib, «Chelsi» bilan 6 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.